Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hojiboy Tojiboyevning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi

A A A
Hojiboy Tojiboyevning  asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi

Hojiboy Tojiboyevning merosxo‘rlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi. Bu haqda San’atkor, ijodkor va ijrochilar palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasining sa’yi-harakatlari tufayli badiiy so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning merosxo‘rlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi. Endilikda uning asarlaridan mutlaq foydalanish huquqi “Milliy TV” telekanali va “Oriat Dono” radiosi tomonidan lisenziya asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi.

“Biz barcha tele va radiokanallarni respublikamiz mualliflari, shuningdek, xorijiy muallif va ijrochilar huquqlarini buzmaslik uchun mualliflik huquqi egalari, jumladan, palata bilan asarlardan foydalanish uchun lisenziya shartnomasi tuzishga chaqiramiz. Bu nafaqat mamlakatimiz, balki butun jahon hamjamiyati uchun muhim”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:00 28.11.2023. O'qildi: 1216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!