Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Hojatxonasi talabga javob bermaydigan metan «zapravka»lar gazdan uzib qo‘yildi

Hojatxonasi talabga javob bermaydigan metan «zapravka»lar gazdan uzib qo‘yildi

Qarshi shahrida hojatxonasi sanitar-gigenik talablarga javob bermaydigan metan «zapravka»lar vaqtinchalik gazdan uzib qo‘yilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Hayitova boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Qarshi shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchalarining sanitar-gigenik holatini o‘rgangan.

O‘rganishlar jarayonida Qarshi shahridan o‘tgan davlat ahamiyatidagi A-380 G‘uzor – Buxoro Nukus – Beynov avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan «Koinot gaz servis» MCHJ hamda Xudoyzod mahallasidagi «Osiyo metan» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish stansiyasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Hojatxonasi talabga javob bermaydigan metan «zapravka»lar gazdan uzib qo‘yildi

Qayd etilishicha, tadbirkorlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi «Yo‘l va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 793-son qarori talablarini qo‘pol ravishda buzgan. Ular avvalgi o‘rganishlar davomida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni hanuzgacha bartaraf etmagan. Jumladan, ushbu metan «zapravka»lardagi hojatxonalar belgilangan talablarga umuman javob bermasligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining har ikkalasida ham nogironlar uchun pandus o‘rnatilmagan. Hojatxonalar mutlaqo talabga javob bermaydigan ahvolda bo‘lgan. Ona-bola xonasi jihozlanmagan. Hojatxonaning nogironlar uchun xonasi eshigi undan aravacha sig‘a olmaydigan darajada tor qilingan. Bundan tashqari, «Osiyo metan» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida kanalizasiya hojatxona yonidan o‘tgan zovurga chiqarilgan.

Hojatxonasi talabga javob bermaydigan metan «zapravka»lar gazdan uzib qo‘yildi

Ta’kidlanishicha, har ikkala metan «zapravka» egalariga vaziyatni o‘nglashgach, gaz ta’minoti qayta tiklab berilishi tushuntirilgan.

Kiritildi: 11:50 14.04.2021. O'qildi: 2398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!