Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Hizr alayhissalom kim, u odamlarga ko‘rinadimi?"

"Hizr alayhissalom kim, u odamlarga ko‘rinadimi?"

— Ba’zilar Hizr buvani ko‘rdim, deydi. Hizr buva o‘zi kim va rostdan bormi? Odamlar ko‘ziga ko‘rinadimi?

— Qur’oni karimning “Kahf” surasida Hizr alayhissalom haqida qissa kelgan. Bu qissani ulamolarimiz “Muso alayhissalom va solih banda qissasi” deb ataydilar. Chunki Qur’onda Hizr alayhissalom “Hizr alayhissalom” nomi bilan atalmagan, balki “solih banda” deb atalgan.

“Kahf” surasida kelgan oyatlarning tafsirida Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda solih banda “Hazr” deb ataladi, biz “Hizr” deb o‘rganib qolganmiz. Ana shundan Hizr alayhissalom borligi, Qur’onda “solih banda” nomi bilan esga olinganligi va sahih hadislarda “Hizr” nomi bilan tanilganliklari, mashhur bo‘lganliklari kelib chiqadi.

“Hizr alayhissalom bor, doim bo‘ladi, odamlarga ko‘rinib turadi”, degan ulamolarimiz ham bor. Bu gapni ko‘proq ahli tasavvuflar aytishadi. Lekin ochiq-oydin Hizr alayhissalomning barhayot ekanliklari, qiyomatgacha boqiy qolishlari va odamlarga ko‘rinib turishlari to‘g‘risida na Qur’onda va na hadislardan dalil keltira olmaydilar. Agar mabodo hozirgi kundagi ba’zi bir kishilar dalil keltirishayotgan bo‘lsa ham, u dalillar noto‘g‘ri, to‘qima va zaif hadislardan olinganligi ma’lum.

Har kim Alloh taoloning O‘zidan hojatini so‘rab boraversa, yaxshi bo‘ladi. Hizr alayhissalomni ko‘rib, u kishidan biror narsa so‘rash ma’nosidan ko‘ra afzali shu. Ibodatlarni vaqtida ado qilib, namozlarni ixlos bilan o‘qib, duo qabul bo‘lish shartlarini o‘rganib, Allohning O‘zidan so‘rash tajribadan o‘tgan haqiqat hamdir. Alloh taolo barchamizning hojatlarimizni ravo qilsin!

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Kiritildi: 13:37 01.03.2021. O'qildi: 16748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!