Isroil armiyasi Livan janubidagi Hizbulloh raketa bo‘linmasi qo‘mondoni Muhammad Ali Ismoilni, uning o‘rinbosarini, Isroil va AQShda terrorchi deb topilgan guruhning boshqa a’zolarini o‘ldirganini e’lon qilgan. Bu haqida «Radio Svoboda» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Muhammad Ali Ismoil o‘z sektoridan Isroilga raketalarni uchirish uchun javobgar. U va uning o‘rinbosari Huseyn Ahmed Ismoil bilan birga Isroil harbiylari Hizbullohning boshqa yuqori martabali a’zolarini ham o‘ldirgan.
So‘nggi haftalarda shunga o‘xshash zarba natijasida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Hizbullohning bir nechta qo‘mondonlari yo‘q qilingan.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q otish natijasida kamida 6 kishi halok bo‘lgan, 90 dan ortiq kishi yaralangan. Shu bilan birga, Isroilning Shimoliy hududlarida havo signallari eshitilayotganini bildirmoqda. Kecha Livanning Isroilga 60 dan ortiq raketa uchirgani aytilmoqda. Ularning bir qismi urib tushirilgan. Ozodlik radiosi bitta zarba oqibatlari videosini geojoylashuvini aniqlab, o‘q otilishi natijasida Safatdagi xususiy uy zarar ko‘rgan deb topgan.
26 sentyabr, payshanba kuni AQSH, boshqa J7 davlatlari va yaqin Sharqning yetakchi davlatlari Isroil-Livan chegarasida zudlik bilan sulh tuzishga va muzokaralar olib borishga chaqirgan.
Keyinchalik Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu BMT bosh Assambleyasi sessiyasida Hizbulloh Isroilni o‘qqa tutishda davom etar ekan, mamlakat ushbu guruhga qarshi qurolli kurashdan boshqa chorasi yo‘qligini aytgan. Hizbulloh rahbari Hasan Nasralla ham Isroil bilan tinchlik o‘rnatish imkoniyatini ko‘rmasligini ta’kidlagan. Eronning Livandagi elchisi Isroil armiyasining zarbalarini kuchlar muvozanatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan «xavfli eskalasiya» deb atagan.