Isroil armiyasi shanbaga o‘tar kechasi Bayrut chekkasidagi Dahiyaga berilgan havo hujumida Hizbullohning yuqori martabali amaldori Nabil Kauk o‘ldirilganini e’lon qildi.
Armiya guruhi bayonotiga ko‘ra, Kauk «profilaktik xavfsizlik bo‘limi» qo‘mondoni bo‘lib ishlagan va guruh markaziy kengashining yuqori martabali a’zosi bo‘lgan.
Nabil Kauk 1980 yillarda Hizbulloh safiga qo‘shilgan va bir qator muhim lavozimlarni, jumladan, ijroiya kengashi rahbari o‘rinbosarini ham egallagan. Isroil harbiylari u Isroilga qarshi hujumlarni rejalashtirishda bevosita ishtirok etganini da’vo qilmoqda.
Ayni paytda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil havo hujumlarida shanba kuni 33 kishi halok bo‘lgan va 195 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
❕ Isroil samolyotlari Bayrutning janubiy chekkalari va Livan janubidagi shaharlarga zarba berishda davom etmoqda.
Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi mojaro o‘tgan yilning oktyabr oyida boshlanganidan beri, Livan rasmiylariga ko‘ra, 1640 kishi, jumladan, 104 bola va 194 ayol halok bo‘lgan. Yaradorlar soni 8408 kishiga yetdi.