Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 343 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Mavasi hududi, Jabaliya lageri, Rafah va Xon Yunisga hujum qildi. Kun davomida 3 ta qirg‘in sodir bo‘ldi, 40 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 41118 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Qarshilik jangchilari Rafahda “Merkava” tankini portlatib yubordi.
▪️G‘arbiy Sohilda Tulkarm va Tubasda shiddatli janglar ketmoqda. 4 kishi shahid bo‘ldi.
Isroil HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va atrofidagilarga G‘azoni xavfsiz tark etish taklifini berdi. Shuningdek, otashkesim evaziga HAMAS harbiy faoliyatlarini to‘xtatish taklif qilindi.
▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Livan janubidagi Nabatiya hududida bosqinchilar tomonidan uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi yaralandi.
▪️Hizbulloh Nahal harbiy bazasi va bosib olingan Safad shahriga yirik hujumlar uyushtirib, shaharni elektr energiyasisiz qoldirdi.
▪️Evropa Ittifoqi rahbari: Dunyo falastinliklarning o‘z davlatiga ega bo‘lishini talab qilmoqda
▪️Ishg‘ol matbuoti: Armiya G‘azo shimolini harbiy zonaga aylantirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Isroilning i24NEWS kanali: Yaman (husiylar) Isroilga qarshi yangi front ochish uchun Suriya janubiga bir guruh askar yubordi.