Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

“Hizbulloh” Isroilga qarshi 19 ta operasiyani amalga oshirdi

“Hizbulloh” Isroilga qarshi 19 ta operasiyani amalga oshirdi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 396 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 70 kishi vafot etdi.

▪️Bayt-Laxiya shahrida fashistlar ko‘chirilganlar joylashgan chodirlar va uylarni o‘qqa tutdi. 29 kishi shahid bo‘ldi.

▪️JSST: Isroilning Kamol Advan kasalxonasining bolalar bo‘limiga hujum qilishi natijasida 6 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq jarohat oldi.

▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Qalqilya va Tubasga bostirib kirdi. Jenin qamalda. Bir kishi halok bo‘ldi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Jabaliya lageri hududida “Merkava” tankini portlatib yubordik va 4 bosqinchini yo‘q qildik.

▪️ “Hizbulloh” Isroilga qarshi 19 ta operasiyani amalga oshirdi. Kun davomida Meron harbiy bazasiga uch marta hujum uyushtirildi, Hayfa, Safad, Nahariya, Marun, Shaal va Daltonga raketalar uchirildi.

▪️Iroq qarshilik kuchlari: Hayfaga uchta muvaffaqiyatli hujum uyushtirdik.

▪️Bosqinchilar Suriya poytaxti Damashqqa hujum qildi. Fuqarolik ob’ektlari nishonga olindi.

▪️Bosqinchilar Livanning Xiam, Dayr al-Zahrani, Srifa va Tir shaharlariga hujum qilishdi. Hujumlar boshlanganidan beri qurbonlar soni 3003 nafarga yetdi.

▪️Malayziya bosh vaziri: Biz Isroilni BMTdan chiqarib yuborish rezolyusiyasi ustida ishlayapmiz.

Kiritildi: 22:24 05.11.2024. O'qildi: 1289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!