Isroil Livanda quruqlikdagi operasiyani e’lon qilganidan beri birinchi marta «Hizbulloh» mamlakat janubidagi Odaisey qishlog‘i yaqinida isroillik piyoda askarlari bilan jangga kirganini aytdi.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Islomiy qarshilik jangchilari 2024 yil 2 oktabr, chorshanba kuni tongda Isroilning dushman piyoda askarlari otryadiga qarshi jangga kirishdi...», — deyiladi xabarda.