“Hizbulloh”ning yangi bosh kotibi etib Nasrullohning o‘rinbosari Naim Qosim tayinlandi. Bu haqda AP nashri xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 70 yoshli Qosim tashkilotning asoschilari va g‘oyaviy mafkurasining ijodkorlaridan biri hisoblanadi. Biroq uning so‘nggi yillardagi asosiy faoliyati ta’lim va madaniyat sohasiga qaratilgan bo‘lgan.
“Hizbulloh”ning yangi bosh kotibi Naim Qosim Livanning janubidagi Kfar Qila qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, 1992 yildan beri “Hizbulloh” bosh kotibining o‘rinbosari lavozimini egallab kelmoqda.
Aytilishicha, U ommaviy axborot vositalariga tez-tez intervyular berib, tashkilotning “ommaviy qiyofasi” sifatida tanilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2004 yilda u “Hizbulloh” haqida “Hizbulloh: Ichki tarix” nomli kitob yozgan va bu asar bir necha tillarga tarjima qilingan.