Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Hizbulloh yetakchisi Isroil bilan to‘laqonli mojaro yuzaga kelgan taqdirda, harakat o‘z qurollari bilan Isroil hududining istalgan qismiga hujum qila olishini bildirdi

Hizbulloh yetakchisi Isroil bilan to‘laqonli mojaro yuzaga kelgan taqdirda, harakat o‘z qurollari bilan Isroil hududining istalgan qismiga hujum qila olishini bildirdi

Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroil bilan to‘laqonli mojaro yuzaga kelgan taqdirda, harakat o‘z qurollari bilan Isroil hududining istalgan qismiga hujum qila olishini bildirdi.

Nasrullohning qayd etishicha, Hizbulloh O‘rta yer dengizidagi nishonlarga ham hujum qilishi mumkin. Shu bilan birga, u Kiprni rahbariyatini agar ular Isroilni harbiy harakatlar uchun o‘z portlari va aerodromlari bilan ta’minlashda davom etishsa, Hizbulloh Kipr hukumatini mojaro tarafi deb hisoblashini va oroldagi nishonlarga zarba berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

"Dushman biladiki, biz eng yomonga vaziyatga tayyorlanayotgan edik. Bizning raketalarimizni hech qanday yo‘l bilan cheklab bo‘lmaydi", — deya ta’kidladi Hizbulloh yetakchisi.

Kiritildi: 23:52 19.06.2024. O'qildi: 1593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!