Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Hizbulloh 20 ta harbiy hujum uyushtirdi

Hizbulloh 20 ta harbiy hujum uyushtirdi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 371 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Zaytun viloyatiga, Jabaliya va Mavosi lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 72 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 42 065 kishi shahid bo‘ldi.

▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Tubas, Tulkarm, Nablus va Al-Xalilga bostirib kirdi. Tulkarmda bir uy portlatib yuborildi, 2 kishi halok bo‘ldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida ishg‘ol karvonini yo‘q qilish operasiyasini o‘tkazdi. 3 ta mayor yo‘q qilindi. Jabaliya hamon bosqinchilar tomonidan shafqatsiz qamalda.

▪️Husiylar: Qizil dengizda Amerika neft kemasiga va Hind okeanida yana bir kemaga hujum qildik.

▪️Hizbulloh 20 ta harbiy hujum uyushtirdi, Hayfa, Kiryat Shmona, Safad, Askalanga 200 dan ortiq raketa uchirdi. Chegarada qarshilik jangchilari Merkava tankini yo‘q qildi.

▪️Isroil havo kuchlarining Bayrut markazidagi turar-joy binolariga bergan zarbalari natijasida 22 livanlik halok bo‘ldi va 117 kishi yaralandi.

▪️Xitoyning BMTdagi vakili: G‘azo haqiqiy do‘zax.

Kiritildi: 17:12 11.10.2024. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!