Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 357 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah va Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 36 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 41534 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Bosqinchilar Jabaliya lageridagi muhojirlar uchun Al-Faluja maktabiga hujum qilishdi. 17 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Al-Aqsa kasalxonasidagi chodirlarga ham zarba berildi.
▪️Hizbulloh 11 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Rafael harbiy majmuasi, Dadu bazasining qo‘mondonlik shtab-kvartirasi, Jalila diviziyasi va uning Amiadadagi omborlari, Samson bazasi hujumga uchradi. Safadga 80 ta raketa, Kiryat Ataga 50 ta raketa otilgan.
▪️Isroilning Livan shaharlariga uyushtirgan hujumlarining to‘rtinchi kunida 92 kishi halok bo‘ldi, 153 kishi yaralandi. Shahidlarning umumiy soni 700 kishidan oshdi.
▪️Tel-Avivda Yamandan ballistik raketa uchirilgandan so‘ng 2 milliondan ortiq kelgindilar bombapanohlarga yashirindi. Hujum va taloto‘plarda 17 ta bosqinchi jarohatlandi.
▪️Norvegiya: Falastinliklarga iqtisodiy yordamni kuchaytirish kerak. Hozirda Falastin davlatini yaratishga qaratilgan keng xalqaro koalisiya mavjud.
▪️Saudiya Tashqi ishlar vazirligi Falastin davlatini yaratish bo‘yicha xalqaro koalisiya tuzilganini e’lon qildi.