Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Hindistonning Pokistonga havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi

Hindistonning Pokistonga havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi

Pokiston armiyasi matbuot kotibi Ahmad Sharif Choudrining so‘zlariga ko‘ra, 57 kishi jarohatlangan, deb xabar beradi BBC.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif avvalroq Hindistonning zarbasini "jazosiz qolmaydigan jirkanch tajovuzkorlik harakati" deb atagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Pokiston Hindistonning tinch qishloqlar va masjidlarga bergan zarbalari natijasida 26 kishi halok bo‘lganini da’vo qilgan edi. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor. Hozirda qurbonlar soni 31 kishiga yetdi, 57 kishi yaralandi.

Avvalroq Hindiston Pokiston nazoratidagi Jammu va Kashmir hududlariga zarba bergani va bu hududlarda Hindistonga qarshi teraktlar rejalashtirilgan va yo‘naltirilgan “terrorchilik infratuzilmasi” joylashganini da’vo qilgan edi.

Kiritildi: 10:18 08.05.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!