PSLV-XL raketasi yakshanba kuni EOS-09 masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini parvoz paytida uchinchi bosqichdagi texnik nosozliklar tufayli orbitaga chiqara olmadi.
Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti ma’lum qildi .
Raketa Hindiston janubi-sharqidagi Srixarikota orolidagi Satish Dhawan kosmik markazining uchirish maydonchasidan mahalliy vaqt bilan 05:59da uchirilgan.
Besh yil xizmat qilish uchun mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldosh har qanday ob-havo va yorug‘lik sharoitida yuqori sifatli tasvirlarni taqdim etishi kerak edi.