Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Hindistonlik milliarder AQShda firibgarlik va poraxo‘rlikda ayblandi

Hindistonlik milliarder AQShda firibgarlik va poraxo‘rlikda ayblandi

Nyu-Yorkda okrug prokurori hindistonlik milliarder Gautam Adanini hind rasmiylariga millionlab dollar pora berganlikda rasman aybladi, deb xabar beradi VVS.

Reuters agentligining sud hujjatlariga tayanib xabar berishicha, sudya Gautam Adani va uning jiyani Sagar Adanini hibsga olishga order bergan va prokurorlar ularni AQShdan tashqarida hibsga olmoqchi.

Amerika prokuraturasi bu ishni Amerika sudi ko‘rib chiqishi kerak, deb hisoblaydi, chunki tergovga ko‘ra, Gautam Adani va uning xodimlari qulay shartnoma olish uchun o‘zining yashil energiya kompaniyasidan Hindiston rasmiylariga 250 million dollar pora bergan va mazkur kompaniya amerikalik investorlardan uch milliard dollar sarmoya kiritgan.

Kompaniya 20 yil ichida ikki milliard dollargacha daromad olishga va’da bergan.

AQShning Nyu-York sharqiy okrugi bo‘yicha prokurori Brion Pisning so‘zlariga ko‘ra, Adani va uning xodimlari amerikalik investorlarni korrupsiyaga aloqador emasligi haqida aldagan. Ularga qo‘yilgan firibgarlik aybining mohiyati shundan iborat.

"Ayblanuvchilar Hindiston hukumati amaldorlariga pora berish va milliardlab dollarlik shartnomalar olish uchun puxta reja tuzgan [...] va ushbu sxemadan foydalangan holda amerikalik va xorijiy investorlardan kapital yig‘ish uchun yolg‘on gapirgan", – dedi prokuror Pis ayblov xulosasini e’lon qilar ekan.

62 yoshli Gautam Adanining boyligi taxminan 70 milliard dollarga baholanmoqda. Adanining Bosh vazir Narendra Modi va uning hukumati bilan yaqin aloqalari bor va muxolifat ularni bu aloqalar tufayli Adani kompaniyalari uchun ko‘plab foydali shartnomalar olishda ayblaydi.

Adani Group hozircha bu ayblovlarga izoh bermadi.

Konsernning AQShdagi muammolari 2023 yil yanvarida Hindenburg Research tahlilchi kompaniyasi uni qimmatli qog‘ozlarni chiqarish vaqtida firibgarlikda ayblaganidan so‘ng boshlangan.

Prokuratura konsern faoliyatini 2022 yilda tekshirishni boshlaganiga ishontirmoqda.

AQShda okrug prokurorlari prezident tomonidan tayinlanadi, Bosh prokuror Brion Pis esa 2021 yilda prezident Jo Bayden tomonidan tayinlangan.

Gautam Adani ijtimoiy tarmoqlar orqali Donald Trampni saylangani bilan tabrikladi va AQShga 10 milliard dollar sarmoya kiritishga va’da berdi.

Kiritildi: 17:52 22.11.2024. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!