Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Hindistonlik mehmonning yo‘qolgan qo‘l sumkasi egasiga qaytarildi

Hindistonlik mehmonning yo‘qolgan qo‘l sumkasi egasiga qaytarildi

"Afrosiyob" tezyurar poyezdida qo‘l sumkasini unutib qoldirgan Hindistonlik yo‘lovchiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu yilning 26 iyul kuni "Toshkentdan "Samarqand" temir yo‘l vokzaliga yetib kelgan 766 sonli "Afrosiyob" tezyurar poyezdining 2 vagonidan unutib qoldirilgan qo‘l sumkasi topib olingan.

O‘tkazilgan tekshiruv surishtiruvlardan keyin qo‘l sumkasi chet ellik fuqaroga tegishli ekani va uning ichida fuqaroga tegishli fuqarolik pasporti, ma’lum miqdordagi chet el kupyuralari borligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida qo‘l sumkasi hindistonlik Mukesh Kumarga tegishli ekani aniqlanib, Yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish batalyoni huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tomonidan o‘z egasiga topshirildi.

Kiritildi: 09:46 27.07.2024. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!