Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Hindistonlik bolakay ochlikdan o‘lgan onasini uyg‘otishga urinmoqda (FOTO)

Hindistonlik bolakay ochlikdan o‘lgan onasini uyg‘otishga urinmoqda (FOTO)

Hindistonning Muzaffarpur shahridagi temir yo‘l vokzalida ochlik, suvsizlik va issiqdan vafot etgan, mehnat muhojiri bo‘lgan bir ayolni ikki yoshli bolasi uyg‘otishga urinayotgani aks etgan videoning tarqalishi ortidan hukumatga nisbatan tanqidlar ortdi. Bu haqda "azon.uz" yozmoqda.

Hindistonlik bolakay ochlikdan o‘lgan onasini uyg‘otishga urinmoqda (FOTO)

“Evronyus” xabarida aytilishicha, mamlakatda 25 mart kuni komendantlik soati e’lon qilinishi bilan transport qatnovi to‘xtagan. Qishloqlardan shaharlarga ishlash uchun kelgan yuz minglab ishchi uylariga qaytish maqsadida bir necha haftadan beri piyoda yo‘l bosyapti. Poyezd qatnovi esa vaqti-vaqti bilan amalga oshirilyapti.     

Piyoda yo‘l bosishga majbur bo‘lganlardan biri 23 yoshli Arbina Xotun edi. U Ahmadobod shahridan Kaytar shahridagi singlisining uyiga ketayotgandi. Ammo Muzaffarpur shahridagi temir yo‘l vokzalida olamdan o‘tdi. Shundan so‘ng hukumat mehnat muhojirlarini o‘z holiga tashlab qo‘yishda ayblana boshladi. Rasmiylar esa aslida Arbina Xotun kasal bo‘lganini va kasallikdan o‘lganini ma’lum qildi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, shu paytgacha uylariga qaytayotgan mehnat muhojirlaridan 9 nafari yo‘llarda olamdan o‘tdi. 

Kiritildi: 19:21 28.05.2020. O'qildi: 7339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!