Hindistonning Haydarobod (Andxra-Pradesh shtati) shahrida yashovchi bola 14 yoshida universitetni tugatdi, deb xabar berdi “NDTV”.
Ta’kidlanishicha, Agastya Jaysval Haydaroboddagi Usmonli universitetini tamomlagan va ommaviy kommunikasiya hamda jurnalistika bo‘yicha bakalavr dimplomini olgan.
Ma’lum qilinishicha, bola boshqa sohalarda ham kuchli bo‘lib, stol tennisi bo‘yicha milliy musobaqalarda qatnashadi va ikki qo‘li bilan teng darajada yaxshi yozadi.
"Men Hindistonda 14 yoshida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan birinchi bola bo‘ldim", - deya muvaffaqiyat quvonchi bilan bo‘lishdi Jaysval ota-onasiga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan holda kelajakda shifokor bo‘lishni orzu qilayotganini aytarkan.