Hindistonning Haydarobod shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda 17 kishi halok bo‘ldi.Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, ANI xabar berdi .
O‘t o‘chirish boshqarmasi vakili yong‘in sodir bo‘lgan joyni dastlabki tekshirish natijasida kuchli yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
"17 kishining o‘limiga tutundan nafas olish sabab bo‘lgan va hech kim kuymagan", dedi Nagi Reddi, Telangana tabiiy ofatlarga javob berish va yong‘indan himoya qilish departamenti bosh direktori.
Telangana tabiiy ofatlarni boshqarish va fuqarolik mudofaasi departamenti tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatga 10 yoshgacha bo‘lgan sakkiz nafar bolaning ismlari kiritilgan.