Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Hindistondagi po‘lat zavodida sodir bo‘lgan yong‘inda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi po‘lat zavodida sodir bo‘lgan yong‘inda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Vishakxapatnam shahridagi po‘lat zavodida sodir bo‘lgan yong‘inda kamida sakkiz ishchi halok bo‘ldi.

The Times of India gazetasining xabar berishicha, konvertor sexida issiq eritilgan metall solingan cho‘mich polga tushib, katta yong‘inga sabab bo‘lgan.

Hodisa paytida sexda 20 ga yaqin ishchi bo‘lgan. Ulardan bir nechtasi tanasining 70% dan ortig‘ini kuydirib, kasalxonaga yotqizilgan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ijtimoiy tarmoqlarda qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Kiritildi: Bugun 11:11. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!