Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindistonda yuk mashinasi va tirkama to‘qnashuvi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda yuk mashinasi va tirkama to‘qnashuvi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning markaziy qismidagi Chxattisgarx shtatida yuk mashinasining tirkama bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq kishi jarohatlandi.

Bu haqda shtat polisiyasi ma’lum qildi.

Huquq-tartibot idoralari vakillariga ko‘ra, yuk mashinasida diniy bayramdan qaytayotgan mahalliy aholi bo‘lgan. Hodisa Raypur shahri yaqinida sodir bo‘lgan. "Jami 13 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi jarohat oldi va ular davolanish uchun shifoxonaga yuborildi", dedi tuman polisiya boshlig‘i Lal Umed Singx.

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar bola ham bor. Polisiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Kiritildi: 12:08 12.05.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!