Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Hindistonda yahudiylarga qarshi terrorchilik hujumlari rejalashtirilgan

Hindistonda yahudiylarga qarshi terrorchilik hujumlari rejalashtirilgan

Hindiston razvedka idoralari Xanukka bayrami vaqtida yahudiy nishonlariga qarshi ehtimoliy teraktlar sababli kuchaytirilgan ogohlantirish holatini e’lon qildi.

Bu haqda Hindiston manbalariga tayanib, The Times of Israel nashri xabar berdi.

Hindiston razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchi guruhlar Dehli, Bangalor va Mumbayda hujumlar uyushtirishni rejalashtirgan.

"Manbalarning ta’kidlashicha, tahdidlar o‘ta jiddiy hisoblanib, bir qator joylarda xavfsizlik choralari sezilarli darajada oshirilgan”, — deya ta’kidlaydi gazeta.

Sidneydagi hujumda 16 kishi, jumladan otishmada gumon qilinganlardan biri halok bo‘ldi. Yana 38 nafar yarador shifoxonaga yotqizilgan, ulardan yetti nafarining ahvoli og‘ir. Avstraliya polisiyasi hujumni amalga oshirganlardan biri ISHID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!