Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatidagi shifoxonaning neonatal bo‘limida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 10 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi. Bu haqda «Times Now» xabar berdi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in Jansi shahridagi Maharani Lakshmi Bay tibbiyot kollejining reanimasiya bo‘limida boshlangan.
O‘t o‘chiruvchilar yetib kelganida, xonalarni alanga va tutun qamrab olgan. Qutqaruvchilar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yetib borish uchun derazalarni sindirib o‘tishga majbur bo‘lishdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruv operasiyasi yong‘in boshlanganidan taxminan 30 daqiqa o‘tib boshlangan va evakuasiya kechiktirilgan.
Hindiston bosh vaziri o‘rinbosari Brajesh Patxak yetti nafar jasadning shaxsi aniqlanganini aytdi. Uch nafar jasadning shaxsi hozircha noma’lum. 45 nafar bola qutqarib olindi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Kasalxonadagi 16 nafar chaqaloqning ahvoli og‘ir”, – deb yozadi «Times Now».
NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in boshlangan paytda reanimasiya bo‘limida 54 nafar chaqaloq bo‘lgan.
“Ushbu fojiaga aloqador aybdorlarni aniqlab, qattiq choralar ko‘ramiz. Hukumat ushbu hodisadan jabrlangan oilalar bilan ekanligini alohida ta’kidlamoqchimiz”, — dedi mahalliy amaldorlardan biri.