Hindistonda «Nipax» virusi bilan bog‘liq ilk o‘lim holati tasdiqlandi. Kalkutta shahrilik yosh ayol og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilib, komaga tushgan va vafot etgan.
OAV xabarlariga ko‘ra, virus tarqalishining oldini olish maqsadida yuzlab odamlar karantinga olingan.
Qator davlatlar vaziyatga javob choralarini ko‘ra boshladi. Xususan, Tailand Hindistondan kelayotgan yo‘lovchilarga nisbatan aeroportlarda nazoratni kuchaytirdi — ular virus alomatlari bo‘yicha tekshirilmoqda.