Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Hindistonda Boburiylar asos solgan shaharlardan yana birining nomi o‘zgartirilyapti

Hindistonda Boburiylar asos solgan shaharlardan yana birining nomi o‘zgartirilyapti

Haydarobod shahrining musulmoncha nomini o‘zgartirish taklifi Uttar Pradesh shtati hukumati rahbari va Hindistondagi hukmron BJP partiyasining vakili Yogi Adityanatx tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deb xabar bergan ANI axborot agentligi.

Adityanatx shahar saylov kampaniyasida qatnashish uchun Telangana va Andra Pradesh shtatlarining poytaxti bo‘lgan Haydarobodga yetib kelgan.

Nutqlardan birida Uttar-Pradesh hukumati rahbari shunday dedi: "Ba’zilar mendan Haydarobodni Bhagyanagar deb o‘zgartirish mumkinmi deb so‘rashadi. Nima uchun bunday emas dedim. Men ularga BJP Uttar-Pradeshda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Fayzobodni Ayodha va Ollohobod Prayagraj deb o‘zgartirganimizni aytdim. Unda nega Haydarobodni Bhagyanagar deb o‘zgartirish mumkin emas?"

Eslatib o‘tamiz, Haydarobod shahriga Boburiylar imperiyasining sultoni Muhammad Quli asos solgan. Shahar Haydar (sher) taxallusi bilan ham tanilgan to‘rtinchi solih xalifa Ali ibn Abu Tolibning ismini olgan.

Shahar nomini o‘zgartirish tarafdorlarining aytishlaricha, Muhammad Quli dastlab shaharni go‘yoki hindistonlik kanizi Bhagyamati sharafiga nomlagan emish.

Hindistondagi hukmron BJP partiyasi (Bharatiya Janata partiyasi, Hindiston xalq partiyasi) Hindutva mafkurasi - hind millatchiligini e’tirof etadi. Ushbu mafkuraga ko‘ra, islom va xristianlik yot dinlardir.

BJP partiyasi rahbarlari Boburiylar davri bilan bog‘liq toponimlarni siqib chiqarish siyosatini davom ettirish to‘g‘risida bir necha bor ta’kidlagan. Fayzobod va Ollohobod shaharlarining qayta nomlanishi ushbu kurashning eng muhim epizodlari hisoblanadi.

Musulmon aholisi 160 milliondan ortiq bo‘lgan Hindiston kabi mamlakatda rasmiylarning bunday siyosati millat birligiga hissa qo‘shmasligi aniq.

Kiritildi: 07:25 01.12.2020. O'qildi: 4029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!