Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Hindistonda binoda yuz bergan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda binoda yuz bergan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Hindiston poytaxti Dehlida kamida 27 kishining hayotiga zomin bo‘lgan ofis binosida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng 28 nafar bedarak yo‘qolganlar haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Times of India xabar bermoqda.

"Bizga bedarak yo‘qolganlar haqida 28 ta xabar kelib tushdi. Biz arizachilar va ularning bedarak yo‘qolganlar bilan munosabatlari haqida ma’lumot to‘playapmiz... Har qanday ma’lumot olishimiz bilan ular xabardor qilinadi", — fuqaro muhofazasi vakili Sunil Kumar.

O‘t o‘chiruvchilar qidiruv-qutqaruv operasiyasi davomida ikkinchi qavatda odam qoldiqlarini topishdi. Biroq, u yerda qancha odam halok bo‘lgani ma’lum emas.

"O‘lganlar soni ortishi mumkin", dedi Dehli o‘t o‘chirish boshqarmasi boshlig‘i Atul Garg.

Kiritildi: 13:40 15.05.2022. O'qildi: 1419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!