Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Hindiston va Pokistonni zaharli tutun qopladi

Hindiston va Pokistonni zaharli tutun qopladi

Bu mamlakatlarning ayrim hududlari hozir shunday ko‘rinishga ega. Pokistonning Panjob viloyati va mamlakatning ikkinchi yirik shahri Lahorda (birinchi suratda) tutun ikki haftadan ko‘proq davom etdi va yaqinda bu yerda havoning ifloslanish darajasi rekord darajaga yetdi. Lahor ayni damda dunyodagi eng iflos shahar sanaladi, deb yozadi Reuters.

Pokistonning eng yirik shahri Karachi ham tutun bilan qoplangan (ikkinchi suratda). Ifloslanish zavodlar, qishloq xo‘jaligi va avtomobillardan chiqadigan zararli chiqindilar natijasida yuzaga keladi. Vaziyat yuqori namlik va shamol etishmasligi bilan og‘irlashadi. Panjob provinsiyasi maktablarni yopib, niqob kiyishni majburiy qilib qo‘ydi.

Xuddi shunday manzarani Hindiston shimolida ham kuzatish mumkin, bu erda havoning yuqori darajadagi ifloslanishi namlik va shamol etishmasligi bilan uyg‘unlashadi.

Kiritildi: 15:08 14.11.2024. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!