Hindiston shimolida terrorchilar sayyohlarga hujum qildi.
Jammu va Kashmirdagi hujumda 28 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Qurbonlarning barchasi Hindiston fuqarolari, deb xabar beradi CNN-News18.
O‘rmonlari, ko‘llari va o‘tloqlari bilan mashhur sayyohlik maskani bo‘lgan Baysaron vodiysida 2-3 nafar qurolli shaxs otda sayrga chiqqan odamlarga qarata o‘q uzgan.
Qayd etilishicha, hujum uchun javobgarlikni “Qarshilik ko‘rsatish fronti” deb nomlangan guruh o‘z zimmasiga olgan.