"Hindiston Qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik holatida qolmoqda", — dedi Hindiston armiyasi polkovnigi Sofiya Qureshi.
Shuningdek, Hindiston tomoni Pokiston dronlar, uzoq masofali qurollar va qiruvchi samolyotlardan foydalanib mamlakatning tinch aholi ob’ektlariga hujum qilganini ma’lum qildi. Xususan, Shambhu ibodatxonasi va Jammudagi turar joylar nishonga olingan.
Pokiston esa o‘z harakatlarini “mamlakat suvereniteti va zulm ostidagi fuqarolarini himoya qilish zarurati” bilan izohladi va sodir bo‘layotgan voqealarni “Hindiston tajovuziga samarali javob” deb atadi. Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, Pokiston armiyasi Hindiston harbiy bo‘linmalaridan birining qo‘mondonlik markazini yo‘q qilgan.