Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasining 100 mln dozasini xarid qiladi

A A A
Hindiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasining 100 mln dozasini xarid qiladi

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 100 million dozasini Hindiston farmasevtika kompaniyasiga yetkazib berishga kelishib oldi.

Bu haqda "RIA Novosti"ga tayanib "sputniknews-uz.com" xabar qilmoqda.

Gap yetakchi hind farmasevtika firmalaridan biri Dr. Reddy's Laboratories Ltd (Dr. Reddy's) haqida bormoqda.

“Etkazib berish 2020 yil oxirida klinik tadqiqotlar natijalari va vaksina Hindistonda ro‘yxatga olinganidan so‘ng boshlanishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bo‘lib 11 avgust kuni ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.  8 sentyabr kuni u keng muomalaga chiqarildi. 9 sentryabr kuni esa u bilan Moskvada ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Kiritildi: 05:00 17.09.2020. O'qildi: 1958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!