Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Hindiston janubidagi ko‘chkilar qurbonlari soni 358 kishiga yetdi

A A A
Hindiston janubidagi ko‘chkilar qurbonlari soni 358 kishiga yetdi

Hindiston janubidagi Kerala shtatida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan ko‘chkilar qurbonlari soni 358 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda India Today.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda.

Yo‘qolganlar ro‘yxatida 200 dan ortiq kishi bor.

Hindiston armiyasi vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirish uchun mintaqaga radarlar yubordi.

Rasmiylar avvalroq Kerala tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biriga duch kelganini aytgan edi.

Hindiston armiyasi 1 avgust kuni shtatda 1500 nafar askari borligini aytdi.

Shtatdagi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan 8300 dan ortiq kishi lagerlarga evakuasiya qilingan.

30 iyul kuni kuchli yomg‘irlar natijasida Kerala shtatida ko‘chkilar sodir bo‘lib, infratuzilma va yo‘llarga jiddiy zarar yetgan. Jabrlangan Chooralmala qishlog‘ida 200 ta uy vayron bo‘lgan.

Kiritildi: 03:02 04.08.2024. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!