Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston ikkita ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Hindiston ikkita ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Hindiston Prithvi-II va Agni-I ikkita qisqa masofali ballistik raketalarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

Bu haqda Hindiston mudofaa vazirligining press-relizida ma’lum qilindi.

"Sinovlar Chandipur poligonida (sharqiy Odisha shtati) bo‘lib o‘tdi. Raketalar strategik kuchlar qo‘mondonligi nazorati ostida uchirildi. "Barcha texnik va ekspluatasion ko‘rsatkichlar tasdiqlandi”, — deya ta’kidladi Hindiston harbiy departamenti.

Prithvi-II va Agni-I Hindistonning strategik arsenalining bir qismi bo‘lib, yuqori aniqlikdagi zarbalar berish uchun mo‘ljallangan. Prithvi-II og‘irligi 0,5 dan 1 tonnagacha bo‘lgan jangovar kallakni olib yurishi mumkin, uning parvoz masofasi 250 dan 350 km gacha. U raketadan qochish texnologiyalari bilan jihozlangan va eng yangi nishonni boshqarish tizimidan foydalanadi. Uning dvigateli Sovet B-755 zenit-raketa dvigateli (S-75 kompleksi) asosida ishlab chiqilgan.

Agni seriyali ballistik raketalar Hindiston Mudofaa vazirligining boshqariladigan raketalarini ishlab chiqish bo‘yicha integrasiyalashgan dasturi doirasida yaratilgan. Mamlakatda bunday raketalarning to‘rt turi xizmatda. Agni-Ining parvoz masofasi 700 km ga yetadi.

Kiritildi: 12:30 18.07.2025. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!