Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Hindiston hukumati mamlakatda Telegram'ni bir haftaga blokladi

Hindiston hukumati mamlakatda Telegram'ni bir haftaga blokladi

Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarini qayta topshirish davrida Telegram messenjeri 22 iyungacha bloklandi, deb xabar bermoqda Reuters.

21 iyun kuni mamlakat bo‘ylab millionlab abituriyentlar tibbiyot oliygohlariga milliy kirish imtihonini (NEET-UG) qayta topshiradi. May oyida o‘tkazilgan imtihon natijalari savollar tarqalib ketgani haqidagi ayblovlar sabab bekor qilingan edi.

Imtihonni o‘tkazuvchi Milliy imtihon agentligi ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlab, u “platformadan firibgarlar tomonidan abituriyentlarni aldash maqsadida uyushgan tarzda foydalanilishi”ga javoban qabul qilinganini bildirdi.

Qayd etilishicha, bir nechta Telegram-kanallar abituriyentlar va ularning oilalaridan imtihon savollari sifatida taqdim etilgan materiallarga kirish imkoni uchun yuz minglab rupiy talab qilgan. "Bunday materiallar himoyalangan imtihon tizimidan tashqarida mavjud emas", deyiladi idora xabarida.

NEET — Hindiston tibbiyot kollejlariga o‘qishga kirishning asosiy imtihonidir. 2026 yili u 3 mayda o‘tkazilgan bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab 2,28 million kishi imtihon topshirgan. Bir necha kundan keyin imtihon oldidan savollar tarqalgani yuzasidan xabarlar paydo bo‘ldi. Bu esa ota-onalar va abituriyentlarning noroziligini keltirib chiqardi. Imtihonlarning o‘tkazilishi mas’ul Milliy test markazi natijalarni “haqiqiy emas” deb topdi.

Kiritildi: 12:41 17.06.2026. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!