Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Hindiston Fransiyadan qiruvchi samolyotlarini xarid qilmoqchi

Hindiston Fransiyadan qiruvchi samolyotlarini xarid qilmoqchi

Hindiston Fransiyadan $35,87 mlrd qiymatidagi 114 ta Rafale qiruvchi samolyotlarini xarid qiladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Hindiston bosqichma-bosqich MiG-21 samolyotlarini foydalanishdan chiqarmoqda, shuningdek MiG-29'ning ilk versiyalari, Jaguar va Mirage 2000 samolyotlarini ham hisobdan chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar bermoqda agentlik.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Hindistonga bo‘lajak tashrifidan so‘ng tomonlar shartnomaning tijoriy va texnik tafsilotlarini muhokama qilish bosqichiga o‘tishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!