Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Hindiston Afg‘onistondagi elchixonasini qayta ochmoqda

A A A
Hindiston Afg‘onistondagi elchixonasini qayta ochmoqda

Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar Afg‘oniston vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashuvda mamlakat Kobulda elchixonasini qayta ochishini ma’lum qildi. Bu haqda ma’lumot Hindiston TIV rasmiy saytida e’lon qilingan.

"Bugun Kobuldagi texnik missiya maqomi Hindiston elchixonasi darajasiga ko‘tarilganini e’lon qilishdan mamnunman," - dedi Jayshankar.

U Dehli Afg‘oniston suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik Afg‘onistonning rivojlanishiga ham, mintaqaviy barqarorlikka ham hissa qo‘shadi

May oyida Pokiston Afg‘oniston bilan munosabatlar darajasini oshirish va Kobulga elchi tayinlashga qaror qildi. Bungacha Kobulga Xitoy, BAA va O‘zbekiston elchilari tayinlangandi.

Kiritildi: 21:52 11.10.2025. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!