Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Hind kinorejissyori Netflixni sudga berdi

Hind kinorejissyori Netflixni sudga berdi

Hindistonlik kinorejissyor Soham Shoh Netflix striming platformasini sudga berdi. Uning aytishicha, Amerika kompaniyasi tomonidan suratga olingan Janubiy Koreyaning «Kalmar o‘yini» seriali uning “Fortuna” hind filmining plagiatidir.

Bloomberg xabariga ko‘ra, shikoyat Nyu-York federal sudiga berilgan.

«Kalmar o‘yini»ning asosiy syujeti, personajlari, mavzulari, atmosferasi, rivoji va ketma-ketligi Fortunaga o‘xshashligi sababli, bunday o‘xshashliklar tasodifiy bo‘lishi mumkinligiga ishonish qiyin”, – deyiladi shikoyatda.

Netflix vakili bu ayblovlar asossiz ekanini aytdi. Kompaniya o‘z huquqlarini himoya qilish niyatida.

2022 yilda «Kalmar o‘yini» yirik “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi xorijiy dramatik serial bo‘ldi. Serial chiqqanidan keyin bir necha oy davomida Netflixdagi eng mashhur seriallardan biri hisoblangan. Ikkinchi fasl 2024 yil oxirida, oxirgisi esa 2025 yilda chiqadi.

Kiritildi: 21:40 16.09.2024. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!