Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Hind bozorlarida O‘zbekistonning uzum va olmalari sotuvga chiqishi kutilmoqda

Hind bozorlarida O‘zbekistonning uzum va olmalari sotuvga chiqishi kutilmoqda

O‘zbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini, shu jumladan banan, mango, soya va guruchni import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi.

O‘z navbatida, Hindiston tomoni uzum, anor, olma, xurmo, qalampir, pomidor, bodom va tarvuz kabi o‘zbek agrosanoat mahsulotlariga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, Hindistonning Indo Organics kompaniyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar hisobiga Namangan viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Kelishuvlarga 28 iyul kuni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri J. Xodjayev Hindiston qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vaziri Narendra Singx bilan muzokaralarida erishildi.

Kiritildi: 18:24 28.07.2022. O'qildi: 3115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!