Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Himolay tizmasida suv toshqini va ko‘chkilar yuz berishi oqibatida 2400 nafar sayyoh tog‘lar orasida qolib ketdi

Himolay tizmasida suv toshqini va ko‘chkilar yuz berishi oqibatida 2400 nafar sayyoh tog‘lar orasida qolib ketdi

Manbada aytilishicha, tabiiy ofat Himolay tizmasining Hindiston va Nepal hududlaridagi qismlarida kuzatilgan. Juda ko‘p yog‘ingarchilik oqibatida suv toshqinlari yuz berib, adirliklarda tuproq ko‘chishi kuzatilgan.

Ofatdan eng ko‘p zararlangan hudud Hindiston shimoli-sharqidagi Sikkim shtati ekanligi ma’lum qilingan. Hozirgacha shtatda kamida 6 kishi halok bo‘lgan.

“So‘nggi 36 soatdan beri tinimsiz yomg‘ir yog‘moqda. Biz hududda jasadlarni topdik va oilalariga topshirdik”, — degan Sikkim tumani sudyasi Xem Kumar.

Toshqinlar Nepalning Koshi provinsiyasida ham vayrongarchiliklar keltirib chiqargan. Hozirgacha 4 ta jasad aniqlangan.

Toshqin va ko‘chkilar Nepal hamda Hindistonda 100 dan ortiq binoni yuvib ketgan. Xalqaro yo‘llar tuproq bilan to‘silib qolgani bois shtatlarga kirish imkonsiz bo‘lib qolgan.

Nepal rasmiylari favqulodda vaziyat oqibatida 2400 nafar sayyoh tog‘lar orasida qolib ketganini ma’lum qilgan. Hududlarda xavf darajasi saqlanib turgani bois ayni damda qutqaruv guruhlari yuborish ham imkonsiz. Hukumat mamlakatga kirib kelayotgan sayyohlarni vaziyat tinchiguncha shaharlarni tark etmaslikka chaqirgan.

Katmandudagi ma’muriyat yaqin bir hafta ichida viloyatlarga boradigan yo‘llarni qayta ochish imkoni yo‘qligini aytgan. Hindiston bilan birga Himolay tizmasida yo‘qolganlarni topish uchun havo-qutqaruv operasiyalari tashkil etilishi bildirilgan.

Kiritildi: 18:32 14.06.2024. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!