Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasi kuchaytiriladi

Hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasi kuchaytiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1004-son, 21.11.2024 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

🔰Qonun bilan qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

⚖️Shuningdek, o‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

❗️Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, uning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Kiritildi: 14:59 22.11.2024. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!