Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib fuqarodan 1300 dollar olayotgan shaxs ushlandi

A A A
Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib fuqarodan 1300 dollar olayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “P.O‘.” UK o‘rgatuvchi ustasi R.M. fuqarolar M.A. va R.M.ga Farg‘ona viloyatidagi tanishlari yordamida “V.”, ”S.” va "E." toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. fuqaro K.B.ga go‘yoki “Vatanparvar” tashkilotida ishlovchi tanishlari yordamida imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 1 100 AQSh dollarini olgan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro A.A. fuqaro J.R.ga avtomaktabda o‘qiganligi haqida ma’lumotnoma tayyorlab berib, haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlardan go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali o‘tkazib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:01 22.09.2023. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!