Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Haydovchi piyodalar ustiga bostirib keldi. Oqibatda...

A A A
Haydovchi piyodalar ustiga bostirib keldi. Oqibatda...

Xitoy janubidagi Xunan muzofoti Xen’yan shahrida haydovchi o‘z avtomobilida odamlar gavjum maydondagi piyodalar hududiga bostirib bordi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, 46 kishi jarohatlangan. Ularning uch nafarining ahvoli og‘ir.

CNN xabariga qaraganda, shundan so‘ng haydovchi mashinasidan tushib yana bir necha kishiga pichoq bilan hujum qilgan.

Polisiya jinoyatchi ushlangani va uning shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi. U boshqa jinoyatlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lum bo‘lgan.

Rasmiylar mazkur fojeaning terrorizm bilan aloqasi bor yoki yo‘qligi haqida izoh bermagan.

Xs.uz

Kiritildi: 12:25 13.09.2018. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik