Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa milliy muloqot konferensiyasida guruhning tarqatilishini e’lon qilishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Suriyada qonuniy saylovlarni o‘tkazish to‘rt yilgacha vaqt olishi mumkinligini ta’kidladi.
Ahmad ash-Sharaa saylovlarni o‘tkazishdan avval aholini umumiy ro‘yxatga olish jarayonini amalga oshirish kerakligini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyyaning yangi konstitusiyasini ishlab chiqish jarayoni uch yilgacha davom etadi. Shuningdek, yangi hukumat rahbari suriyaliklar bir yil ichida davlat boshqaruvi sohasida ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishni boshlashlarini va’da qildi.