Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Harris: "Biz bu saylov natijalarini qabul qilishimiz kerak"

A A A
Harris: "Biz bu saylov natijalarini qabul qilishimiz kerak"

Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris AQShdagi saylovda mag‘lub bo‘lganidan keyin nutq so‘zladi.

Harris amaldagi prezident Jo Bayden, saylovoldi guruhi va unga ovoz berganlarga minnatdorchilik bildirdi. Harrisning qo‘shimcha qilishicha, saylov natijalari uning kutganlarini oqlamagan.

"Biz bu saylov natijalarini qabul qilishimiz kerak. Bugun ertalab men Tramp bilan gaplashdim va uni g‘alabasi bilan tabrikladim. Men Tramp va uning jamoasiga hokimiyatni o‘tkazishda yordam berishimizni va bu o‘tishni tinch yo‘l bilan amalga oshirishimizni aytdim", — deya ta’kidladi Harris.

"Men saylovdagi mag‘lubiyatni qabul qilaman, ammo bu kampaniyaga turtki bo‘lgan kurashdagi mag‘lubiyatni qabul qilmayman", — deya qo‘shimcha qildi AQShning amaldagi vise-prezidenti.

Kiritildi: 10:36 07.11.2024. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!