Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan: “Osmonlar va Yerdagi (barcha) jonzot (hojatlarini) Undan so‘rar. Har kuni U (tinimsiz) faoliyatdadir”
Ha, Alloh taolo har kuni tinimsiz faoliyatdadir. Gunohni kechiradi, g‘amni aritadi, tashvishni ketkazadi, siniq ko‘ngillarni shod qiladi, kambag‘alni boy qiladi, adashganni hidoyat qiladi, qayoqqa borishini bilmay hayron bo‘lib turgan kimsaga yo‘l ko‘rsatadi, qiynalganga yordam beradi, ochni to‘ydiradi, yalong‘ochni kiyintiradi, bemorga shifo beradi, baloga uchraganga ofiyat beradi, tavba qiluvchining tavbasini qabul qiladi, yaxshilik qiluvchiga mukofot beradi, mazlumga nusrat beradi, zolimni xonavayron qiladi, avratni to‘sadi, xavfni ketkazib, omonlik beradi, ba’zi qavmlarning darajasini ko‘taradi, ba’zi qavmlarning darajasini tushiradi.
Manba: azon. uz