Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Har dardga davo turshak suvi!

Har dardga davo turshak suvi!

 O‘rik tarkibida 27 foiz qand, organik kislotalar, pektin, kraxmal, oshlovchi moddalar, temir, mis, kalsiy, magniy mikroelementlar, kaliy tuzlari, vitamin S, karotin bor.

Abu Ali ibn Sino o‘rik va uning turshagidan me’da-ichak faoliyatini yaxshilashda foydalangan bo‘lsa, xalq tabobatida xafaqon va yurak xastaliklarini davolashda ishlatilgan.

O‘rikning  turshak suvi juda foydalidir. Turshakni yurak sanchig‘i, nafas yo‘llari yallig‘lanishi, ko‘kyo‘tal va isitmasi bor bemorlar muntazam is’temol qilishi lozim. O‘rik turshagidan quyidagi sharbatlarni tayyorlab iste’mol qilsangiz, tanangizni foydali va zarur moddalar bilan ta’minlaysiz.

Turshakning 10-14 donasini idishga solib, issiq suv bilan yuvib tashlang. Keyin chinni yoki sirli idishga turshakni ko‘mib turadigan qilib qaynoq suv quying. So‘ngra ustini yopib, sovugunicha tindirib qo‘ying. Turshak suvi tashnalikni qondirish bilan birga yurakni baquvvat qiladi.

Kiritildi: 23:00 01.09.2019. O'qildi: 7368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!