Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Time nashriga bergan intervyusida, HAMAS terrorchilik guruhining yuqori martabali amaldorlari va qo‘mondonlarining o‘ldirilishi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga xalaqit bermasligini, aksincha, o‘zaro kelishuvni tezroq yakunlash imkoniyatlarini oshirishini aytdi.
Jurnalistlar bosh vazirdan Xamas siyosiy byurosining sobiq rahbari Ismoil Haniya va Livan Hizbullohi qo‘mondoni Fuad Shukrning o‘limi garovga olinganlarning ozod etilishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida so‘radi.
«Menimcha, imkoniyatlar oshdi, chunki kelishuvga qarshi chiqqan ba’zi ekstremistik elementlar endi biz bilan emas», - deya javob berdi Netanyaxu.
Rasmiy ravishda Isroil faqat Shukrning qotilligi uchun javobgarlikni tan oldi.