Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Hamyurtimiz Yevropa Chempionlari Ligasi tarixiga kirdi (video)

Hamyurtimiz Yevropa Chempionlari Ligasi tarixiga kirdi (video)

Fransiyaning "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Xusanov kecha Yevropa chempionlar ligasi musobaqasida debyut qildi. Hamyurtimiz "Arsenal"ga qarshi bahsning 63-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi.

Abduqodir maydonga tushganidan bir necha soniya o‘tib maydon markazida raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Husanov YECHLda zaxiradan maydonga tushib, eng tez ogohlantirish olgan futbolchiga aylandi.

O‘zbek futbolchisi maydonga tushgan paytda "Lans" 0:5 hisobida yutqazayotgandi. Qolgan daqiqalarda esa "Arsenal" fransiyaliklar darvozasiga yana bitta gol urdi (penaltidan).

Kiritildi: 21:49 30.11.2023. O'qildi: 3239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!