Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Nosirova Ra’no Rahimovna Hamshiralar akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar qildi.
Faoliyati davomida Ra’no Nosirova Yakkasaroy tuman 45-sonli oilaviy poliklinika terapiya bo‘limi boshlig‘i, bosh shifokor muovini, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha muovini, 59-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori lavozimlarida ishlagan.
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan R. Nosirova tayinlovga qadar, Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasi – markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.