Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 421 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Dayr al-Balah, Bayt-Lahia, Rafah, Rimal, Shayx Radvan va Nusayrat lageriga hujum qildi. G‘azoda bir kun ichida 100 kishi halok bo‘ldi, ulardan 75 nafari Bayt Lahiyada edi.
▪️Bosqinchilar Bayt-Laxiyadagi Indoneziya kasalxonasi yaqiniga kirib keldi. Bu soatlarda hududda qizg‘in otishmalar davom etmoqda.
▪️Shimoliy G‘azoda 5 oktyabrdan beri davom etayotgan qattiq qamal davomida bosqinchilar anklavning bu qismida 2700 kishini o‘ldirdi, 10 000 kishi jarohat olgan.
▪️HAMAS: Xalqaro hamjamiyat va BMTni G‘azo shimolidagi blokadani olib tashlashga va genosidni to‘xtatishga chaqiramiz.
▪️Al-Qassam va Al-Quds brigadalari Jabaliya lageridagi bosqinchilarning ta’minot liniyasiga hujum qildi.
▪️Oxirgi bir hafta ichida bosqinchilar G‘arbiy Sohilda 9 nafar falastinlikni, jumladan 1 bolani o‘ldirdi.
▪️Xalqaro jinoiy sud prokurori Isroilning Netanyaxu va Galantning hibsga olinishiga qarshi shikoyatini rad etishni talab qilmoqda.
▪️"Hizbulloh" rahbari Naim Qosim "harakat Isroil bilan urushda g‘alaba qozonganini" e’lon qildi. Sulhga qaramay, Livan janubidagi Bani Hayyan shahriga birinchi marta bosqinchi tanklar kirib keldi.
▪️Dunyo bo‘ylab: Lotin Amerikasi, Fransiya, Niderlandiya, Norvegiya, Yaman, Turkiya, Kanada, AQSH, Buyuk Britaniya va Iordaniyada Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
▪️Suriyaning Halab va Idlib viloyatlarida muxolifat kuchlari bilan Rossiya va Suriya qo‘shinlari o‘rtasida janglar davom etmoqda. Muxolifat kuchlari Halab shahrini deyarli to‘liq egalladi va mahalliy qamoqxonalardagi Asad rejimi qamagpn mahbuslar, jumladan ko‘plab ayollarni ozod qildi.