Bu haqda Eronning Mehr agentligi xabar berdi.
Falastin harakati Haniyaning o‘limini tasdiqladi va u Isroilning Tehrondagi qarorgohiga uyushtirgan zarbasi natijasida halok bo‘lganini aytdi.
OAV xabarlariga ko‘ra, Haniya yangi prezident Masud Pezeshkiyanning qasamyod qabul qilish marosimida ishtirok etish uchun Eron poytaxtiga borgan.